Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

"Inter" futbolchisi "Barselona"ga o‘tishni xohlaydi

"Inter" futbolchisi "Barselona"ga o‘tishni xohlaydi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi himoyachisi Benjamen Pavar "Barselona"da o‘zini sinab ko‘rmoqchi. 29 yoshli futbolchini "Galatasaroy" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo fransuz turk klubiga o‘tish istagida emas. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, Pavar taklif bo‘lsa, "Barselona"ga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda. Futbolchiga "ko‘k-anorranglilar" ham qiziqish bildirayotgan edi.

Yaqinda Benjamen Pavarga da’vogarlar qatorida Saudiya Arabistoni chempionati vakillari va Fransiyaning "Marsel" klubi ham tilga olingan edi. Transfermarkt portali ekspertlari jahon chempionining narxini 25 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:28, 23.08.2025.
O'qildi: 2647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик