Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Flik «Levante»ga qarshi o‘yinda Reshfordning bo‘limlar oralig‘ida almashtirilish sababini aytdi

Flik «Levante»ga qarshi o‘yinda Reshfordning bo‘limlar oralig‘ida almashtirilish sababini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasining 2-turidan o‘rin olgan «Levante» (3:2)ga qarshi bahsda nega hujumchi Markus Rashfordni bo‘limlar oralig‘ida maydondan olganini tushuntirdi. Angliyalik futbolchi o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan, ammo ikkinchi bo‘limni uning o‘rniga ispaniyalik Daniel Olmo boshladi.

«Markus birinchi bo‘limda bir nechta vaziyatda faol ishtirok etdi va jamoaga yordam bera olishini ko‘rsatdi. Ammo ikkinchi bo‘limda bizga taktik o‘zgarishlar kiritishga to‘g‘ri keldi, qanotga Rafinyani tushirdik. Bu zarur qaror edi. O‘ylaymanki, bu almashinuvlar to‘g‘ri bo‘ldi. Tanaffusdan keyingi birinchi gol o‘yinning yo‘nalishini o‘zgartirdi», — deya Flikning so‘zlarini Marca nashri keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tanaffusga jamoalar 2:0 hisobida «Levante» foydasiga chiqib ketishdi. Ammo oradan yetti daqiqa o‘tmasdan Pedri va Ferran Torres hisobni tenglashtirdi. O‘yinning oxirgi daqiqalarida, qo‘shimcha vaqtda, kataloniyaliklar g‘alabani ildi. «Barselona» ikki turdan keyin olti ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Levante» esa ochko ololmagan holda 18-pog‘onada joylashgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:13, 24.08.2025.
O'qildi: 3273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик