Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Komo"ga "Tottenxem"ning yangi taklifi ham ma’qul bo‘lmadi

"Komo"ga "Tottenxem"ning yangi taklifi ham ma’qul bo‘lmadi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" "Komo"ga yarim himoyachi Nikolas Pasni sotib olish bo‘yicha yangilangan transfer taklifini yubordi, ammo italyan klubi uni rad etdi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, londonliklar futbolchi uchun 50 mln yevro taklif qilgan, ammo italiyaliklar kamida 70 mln yevro olishni istamoqda. Futbolchining o‘zi ham hozircha ushbu transferga qiziqish bildirmayapti.

Pas "Komo" safida 2024 yilning yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi A Seriyada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:47, 24.08.2025.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик