Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gyundogan Germaniya top-klubiga o‘tishi mumkin

Gyundogan Germaniya top-klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan joriy transferlar davrida o‘zining hozirgi klubi - "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.

fotbollskanalen.se nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 34 yoshli futbolchida Germaniya chempionatida o‘ynash varianti bor. Gyundoganga hamkorlikni Leverkuzenning "Bayer" klubi taklif qilishi mumkin. Ilkayning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Avvalroq, "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola yarim himoyachining xizmatlariga qiziqmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Gyundoganning bozor narxi Transfermarkt portali tomonidan besh million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:53, 25.08.2025.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик