Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

“Arsenal” yetakchisi 4 haftaga safdan chiqdi

“Arsenal” yetakchisi 4 haftaga safdan chiqdi

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi Bukayo Saka jarohat tufayli kamida to‘rt hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli vinger Angliya Premyer Ligasi 2-turi doirasida “Lids”ga qarshi uchrashuvda (5:0) son mushagidan jarohat olgan. Tibbiy ko‘rikdan keyin futbolchining tiklanishi uchun kamida bir oy vaqt talab etilishi ma’lum bo‘ldi.

Shu sababli Saka 31 avgustga belgilangan 3-turdagi “Liverpul”ga qarshi bahsni, shuningdek, sentyabr oyida Angliya terma jamoasining Jahon chempionati saralashi doirasida Andorra va Serbiyaga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Bundan tashqari, “Arsenal” sardori, norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor ham “Lids”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida yelkasidan jarohat olib, almashtirilgan edi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, u ham “Liverpul”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi ehtimoli mavjud.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” yangi mavsumning dastlabki ikki turida to‘liq g‘alaba qozonib, 6 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:08, 25.08.2025.
O'qildi: 2099 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик