Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nyukasl" safiga gruziyalik iqtidor kelib qo‘shildi

"Nyukasl" safiga gruziyalik iqtidor kelib qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" o‘z rasmiy sayti orqali gruziyalik forvard Vaxtang Saliya transferini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, yosh futbolchi o‘tgan yilning kuzida ingliz klubi bilan mehnat shartnomasini imzolagan edi. O‘shanda Saliya 18 yoshga to‘lganida "Nyukasl"da to‘laqonli o‘ynay olishi mumkinligi ta’kidlangandi. Hujumchi 18 yoshini 30 avgust kuni nishonlaydi.

Gruziyalik futbolchi allaqachon Tbilisining "Dinamo" klubi futbolchilari va muxlislari bilan xayrlashgan.

Saliya o‘tgan mavsumda gruziyaliklar safida 22 ta o‘yinda 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning narxi 800 ming yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 22:33, 25.08.2025.
O'qildi: 1655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик