Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Petar Suchich "Torino"ga qarshi Italiya chempionatining birinchi turidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Neradzurrilar" yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
"Bu biz xohlagan mavsumning boshlanishi. 5:0 hisobidagi g‘alaba - bu ajoyib natija. Biz xuddi shu ruhda davom etib, maqsadlarimiz sari bosqichma-bosqich borishimiz kerak.
Yangi A Seriyani g‘alaba bilan boshlash muhim edi. Chempionlik uchun kurashish uchun g‘alaba qozonish kerak", - deydi xorvatiyalik yarim himoyachi.













