Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Otabek Narzullayev: "Maqsadimiz kubok finali edi. Endi bor e’tiborimiz Superligaga qaratiladi"

Otabek Narzullayev: "Maqsadimiz kubok finali edi. Endi bor e’tiborimiz Superligaga qaratiladi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Mash’al" (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida qatnashdi.

— O‘yin haqida

— Yana o‘zimizning xatolar evaziga gol o‘tkazib yubordik. Bu vaziyatlarni o‘ylab, xulosa qilishiz kerak. Nega biz o‘yinning boshida gollar qo‘yib yuboryapmiz? Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida charchoq sabab gol o‘tkazib yuborish tabiiy, lekin nega uchrashuv boshida gol qo‘yib yuborayotganimiz biroz tushunarsiz. Bu taktik jihatdan yo‘l qo‘yilgan kamchilik bo‘lishi mumkin. Buning ustida ishlashimiz kerak. "Paxtakor"ni tabriklaymiz. Maqsadimiz kubok finali edi. O‘xshamadi. Bor e’tiborimiz Superligaga qaratiladi.

— Jamoa o‘yin boshida "Paxtakor"ga yaxshi qarshilik ko‘rsatayotgandi. Xatto birinchi goldan keyin ham shunday bo‘ldi, ammo ikkinchi goldan keyin jamoa o‘yinni biroz tashlab qo‘ydi. Hisob 1:3 bo‘lganda jamoa katta ishtiyoq kursatdi. Bu ishtiyoqni ertaroq ko‘rsatishning iloji yo‘qmidi?

— Bu psixologik holat bilan bog‘liq. Futbolchilar "Paxtakor", "Nasaf" kabi nomlarni eshitganda biroz cho‘chishmoqda. Ikkinchi bo‘lim ko‘rsatdiki, raqibni hurmat qilgan holda istalgan jamoaga qarshi o‘ynasa bo‘ladi. Futbolchilarda ishonch bo‘lsa, o‘yin yaxshi chiqmoqda. O‘yin davomida shunga urg‘u qaratishimiz kerak.

— Samandar Ochilov nega maydonga tushmayapti?

— U yaxshi futbolchi. Uning pozisiyasi markaziy himoyachi. Hozirgi raqiblarda bo‘yi uzun hujumchilar bor, shunga bu jamoalarga qarshi bo‘yi uzun himoyachilardan foydalanyapmiz. Unga ham imkoniyat beramiz. Raqobatda kim yutib chiqsa o‘sha maydonga tushadi.

— "Neftchi" bilan o‘yinda juda ko‘p "brak"lar bo‘ldi. Bugun ham shunga o‘xshash holat yuz berdi. Bu raqibning darajasidan kelib chiqib bo‘ldimi?

— Raqibning darajasi sabab deb o‘ylamayman. Bu ruhiy holat, futbolchilar o‘ziga bo‘lgan ishonchni saqlay olmayapti. Agar biz "Andijon"ga qarshi o‘yin kabi ishtiyoq bilan maydonga chiqqanamizda har bir jamoaga muammo tug‘dirgan bo‘lardik. Mag‘lubiyatlardan keyin biroz qo‘rquv bo‘lmoqda. Bu har bir jamoada bo‘ladi. G‘alaba uchun ko‘z yonib tursa, istalgan raqibdan ochko olsa bo‘ladi. Bu ruhiy kamchilik deb o‘ylayman.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:23, 27.08.2025.
O'qildi: 1346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.