Turinning "Yuventus" klubi qanot himoyachisi Andrea Kambyaso A Seriya 1-turidan o‘rin olgan "Parma"ga qarshi o‘yinda (2:0) raqibiga tirsagi bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi.
Xabarlarga ko‘ra, u ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilingan.
Endi Kambyaso A Seriyada "Jenoa" va "Inter"ga qarshi navbatdagi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.













