Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Milan" yulduzi hamon jarohatidan to‘liq tiklanmagan

"Milan" yulduzi hamon jarohatidan to‘liq tiklanmagan

Baho:
+ | -

Rafael Leau jarohati sabab "Milan"ning yana bir o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

"Rossonerilar" va Portugaliya terma jamoasi vingeri Italiya kubogi doirasida "Bari"ga qarshi mavsumning birinchi o‘yinida (2:0) jarohat oldi. Portugaliyalik gol urganidan ko‘p o‘tmay, 17-daqiqada o‘ng oyog‘ining boldir mushaklari bilan bog‘liq muammolar tufayli almashtirildi.

Leau A Seriyaning 1-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Kremoneze" (1:2) o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Futbolchi 29 avgust kuni "Lechche" bilan bo‘lib o‘tadigan safar o‘yinini ham o‘tkazib yuboradi. Rafael terma jamoalar o‘yinlaridagi tanaffusdan so‘ng 14 sentyabr kuni A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan "Bolonya"ga qarshi o‘yingacha safga qaytishi kerak.

Kiritildi: 16:20, 27.08.2025.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик