Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Otabek Shukurov: «Asosiy masala – JCHga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish»

Otabek Shukurov: «Asosiy masala – JCHga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov yig‘in va oldindagi musobaqa haqida O‘FA matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.

"Terma jamoa bilan yig‘inni boshlab oldik. Oldimizda turgan CAFAga hozirlik ko‘ryapmiz. Asosiy masala – Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdir. O‘ylaymanki, mana shunday musobaqalar va keyingi o‘yinlar bizga asqotadi. Har bir raqib o‘z vatani sha’nini himoya qiladi. Biz ham shu maqsad sari harakat qilamiz. Bundan buyog‘iga JCHga chiqqan jamoa ekanligimizni his qilgan holda o‘ynashimiz kerak.

Turnirdagi raqiblar yaxshi saviyadagi jamoalar deb bilaman. Asosiysi, o‘zimiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Shunda JCHga tayyor holda yetib boramiz. 

Jarohatim anchaga cho‘zildi va ko‘p vaqt davolandim. Sekin-asta jamoaviy mashqlarga kirishyapman. Hammasi ortda qoldi. Bundan buyog‘iga yaxshi bo‘ladi degan umiddaman", – dedi Shukurov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston CAFA musobaqasidagi yurishini 30 avgust kuni O‘mon bilan o‘yin bilan boshlaydi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 22:43, 27.08.2025.
O'qildi: 830 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.