Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Viktor Karpenko: «Vaqt o‘tishi bilan yanada kuchayib boramiz»

Viktor Karpenko: «Vaqt o‘tishi bilan yanada kuchayib boramiz»

Baho:
+ | -

"Buxoro" klubi vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Viktor Karpenko O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

—  O‘yin haqida fikringiz?

— Juda quvnoq o‘yin ko‘rdik. Oltita gol urildi. Bir so‘z bilan aytganda, Kubokka xos uchrashuv bo‘ldi. O‘yin muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. «Bunyodkor» ham, biz ham faqat keyingi bosqichni ko‘zlab maydonga chiqqandik. Lekin omad biz tomonda bo‘ldi va g‘alaba qozonib yarim finalga chiqdik.

— Bugun umuman boshqa «Buxoro»ni ko‘rdik. Jamoangiz tinmay hujum uyushtirdi. Bunday ishtiyoq qayerdan paydo bo‘ldi?

—  Tarkibimiz yaxshi futbolchilardan tashkil topgan. Men o‘yindan oldin jamoamizdagi o‘yinchilarga Kubokda g‘alaba qozonish yaxshi motivasiya berishini hamda futbolchilik faoliyatda hamma ham sovrin yuta olmasligini ta’kidladim. Final sari ikki qadam qoldi va harakat qilsak bemalol o‘zimizni ko‘rsata olamiz. Futbolchilarimiz futbol o‘ynashni biladi, faqat o‘zlarini ishontira olishsa bas. Vaqt o‘tishi bilan yanada kuchayib boramiz. «Bunyodkor»ning kuchli tomonlarini bilardik. Jamoa yosh va futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radi.

— Azizbek Amonov bugun «Buxoro»dagi eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatdi degan fikrdamiz. Siz bu borada nima deya olasiz? Uning sobiq jamoasiga qarshi to‘p tepishi qo‘shimcha kuch berdimi?

— Amonov avvalgi o‘yinda ham yaxshi harakat qilgandi. Bugun esa yanada yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Amonov bejizga o‘z vaqtida terma jamoaga chaqirilmagan. U futbol o‘ynashni biladi. Unga ham o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch kerak. Shunda yanayam yaxshi harakat qila oladi. Agar shunday to‘p tepishda davom etsa, hali yana terma jamoaga chaqiriladi.

— Yarim finalda kim bilan duch kelishni xohlaysiz?

— Bizga farqi yo‘q, chunki yarim finalda kuchsiz raqib bo‘lmaydi. Kim tushmasin, o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Balki boshqalarning «Buxoro»ga qarshi tushgisi kelar. Shunday bo‘lsa ham mayli. Biz maydonga chiqib o‘zimizning futbolni namoyish etamiz.

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 07:10, 28.08.2025.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.