"Barselona" vingeri Lamin Yamal Transfermarkt internet-portali talqiniga ko‘ra Ispaniya La Ligasining 2024/25 yilgi mavsumi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
18 yoshli futbolchi o‘z Instagram sahifasida mukofotlar rasmini joyladi.

Yamal o‘tgan mavsumda chempionatning 35 ta o‘yinida 9 ta gol urib, 15 ta golli uzatma bergan edi.













