Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Paulo Bentu kim va Osiyoda qanday ishlayotgandi?

Paulo Bentu kim va Osiyoda qanday ishlayotgandi?

Baho:
+ | -1

Portugaliyalik murabbiy Paulo Bentu Toshkentga yetib keldi. U O‘zbekiston milliy jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Paulo Bentu qanday murabbiy?

Bentu faoliyatining so‘nggi 7 yilini Osiyoda o‘tkazmoqda. U 2018-2022 yillarda Janubiy Koreya terma jamoasini boshqargan bo‘lsa, 2023-2025 yillarda BAA terma jamoasida faoliyat yuritdi.

JANUBIY KOREYA
Portugaliyalik mutaxassis 2018 yil 17 avgust kuni Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning oldidagi ilk yirik turnir — Osiyo kubogi-2019 bo‘ldi. BAAda tashkil etilgan ushbu turnirda Koreya chorak finalgacha yetib bordi. Jamoa guruh bosqichida 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, nimchorak finalda Bahrayn mag‘lub etildi (qo‘shimcha bo‘limlarda). Koreyaliklar chorak finalda Qatarga imkoniyatni boy berishdi (0:1).

Paolo Bentu JCH-2022 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoa so‘nggi bosqichda Erondan (25 ochko) keyin 2-o‘rinni egalladi (23 ochko).

Janubiy Koreya terma jamoasi Qatardagi Mundialning guruh bosqichida 2-o‘rinni egalladi (Urugvayni ortda qoldirgan holda) va nimchorak finalda Braziliyaga imkoniyatni boy berdi (1:4).

Shundan so‘ng Bentu iste’fo berdi va bu qarorni 2022 yilning sentyabr oyidayoq qabul qilganini, dam olishni xohlaganini bildirdi. Ya’ni, murabbiy shartnomasining oxirigacha ishladi.

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI
Paulo Bentu 2023 yil 9 iyulda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. JCH-2026 saralash bosqichida u muvaffaqiyatga erisha olmadi. Natijada u 2025 yil 26 mart kuni BAA futbol assosiasiyasi Bentu va uning shtabini ishdan bo‘shatdi.

O‘YIN USLUBI
Paolo Bentu nisbatan hujumkor uslub tarafdori va futbolchilardan faol pressingni talab qiladi. Janubiy Koreyada sifatli o‘yinchilar ko‘p bo‘lgani uchun murabbiyning bu uslubi ish berdi.

Ammo BAA terma jamoasi kuchliroq jamoalarga qarshi o‘yinlarda (Eron va O‘zbekiston) muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 15:53, 28.08.2025.
O'qildi: 3726 marta.
Fikrlar: 38 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик