Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Odil Hamrobekov: «Menimcha, ertaga saviyali o‘yin guvohi bo‘lamiz»

Odil Hamrobekov: «Menimcha, ertaga saviyali o‘yin guvohi bo‘lamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Odil Hamrobekov “CAFA Nations Cup” musobaqasi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Erondagi faoliyatim yaxshi boshlandi. Albatta, bu futbolchi uchun quvonarli. U yerdan kelib, milliy terma jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildim. Bugundan musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.

“Terma jamoalar markazida”dagi barcha sharoitlar yaxshi, futbolchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Umuman olganda musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun barchasi yaratilib berilgan.

Oldimizga qo‘yilgan jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddaladik. Endilikda mundialda munosib ishtirok etish uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

Dastlabki o‘yinlarda yetakchi legioner futbolchilarning yo‘qligi qanchalik ta’sir qilishini vaqt ko‘rsatadi. Ularning o‘rnida o‘ynadiganlar uchun bu yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

O‘mon — yaxshi shakllangan jamoa. Aytish mumkinki, natijalari, sovrinlari bilan maqtana olmasa ham raqiblariga jiddiy qarshilik ko‘rsata olishi bilan nom qozongan.

Hozir ular Karlush Keyrush qo‘l ostida yanada jiddiy jamoaga aylanib bormoqda. Menimcha, ertaga yaxshi saviyadagi o‘yin guvohi bo‘lamiz.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyligi haqida rasman tasdiqlangandan keyin gapirsak, to‘g‘ri bo‘ladi. Hozirgi kunda Temur Tohirovich (Kapadze) bosh murabbiyimiz hisoblanadi. Aynan uning ko‘rsatmalari bilan turnirga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, — dedi Hamrobekov O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:12, 28.08.2025.
O'qildi: 1168 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.