Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" Asensioni ingliz klubiga sotmoqda

"PSJ" Asensioni ingliz klubiga sotmoqda

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" klubi hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensio tez orada Angliyaga qaytishi mumkin.

Parijliklar ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha "Aston Villa" bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda jurnalist Loik Tanzi. "Villa" 29 yoshli futbolchi uchun 15 mln yevro taklif qilishdi va "PSJ" 20 mln yevro so‘ragan bo‘lsa-da, bunga rozi bo‘lish arafasida. Ikkala klub ham optimistik kayfiyatda va tez orada kelishuv yakunlanishiga ishonmoqda.

Marko Asensio o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida ijara asosida "Aston Villa" sharafini himoya qilgan edi. Futbolchi Unai Emeri jamoasi safida 21 ta o‘yinda 8 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:38, 29.08.2025.
O'qildi: 1261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик