Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Rasman. Voltemade «Nyukasl»ga ko‘chib o‘tdi!

Rasman. Voltemade «Nyukasl»ga ko‘chib o‘tdi!

Baho:
+ | -

"Nyukasl" klubi rasmiy sayti "Shtutgart" hujumchisi Nik Voltemadeni transfer qilganini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, germaniyalik hujumchining transferi bo‘yicha kelishuv "hakkalar" uchun rekord bo‘ldi.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, ingliz klubi 23 yoshli futbolchining transferi uchun bonuslar bilan birga 90 mln yevro to‘lagan. Uning "Nyukasl" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Voltamade "shvablar" safida 2024 yilning yozidan buyon to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda forvard barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 30 mln yevroni tashkil etadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:36, 30.08.2025.
O'qildi: 1255 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик