Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano Xyoylundning "Napoli"ga transferini tasdiqladi

Romano Xyoylundning "Napoli"ga transferini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda hujumchi Rasmus Xyoylundning kelajagi haqida yangi post qoldirdi. Romanoning ma’lum qilishicha, barcha tomonlar daniyalik futbolchining "Manchester Yunayted"dan "Napoli"ga o‘tishiga kelishib olgan.

"Napoli" Xyoylundni 6 million yevroga ijaraga oldi. Kelishuvda 44 million yevroga sotib olish imkoniyati ko‘rsatiladi. Muayyan sharoitlarda, bu opsiya majburiy bo‘lishi mumkin.

Yaqin bir sutka ichida Rasmus tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Agar muammolar aniqlanmasa, transfer rasman e’lon qilinadi.

"Manchester Yunayted" safida Xyoylund 95 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va sheriklariga 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 17:34, 30.08.2025.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик