Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

"Grilish yaxshi futbolchi ekanini isbotlamoqda"

"Grilish yaxshi futbolchi ekanini isbotlamoqda"

Baho:
+ | -

"Everton" jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes "irislar"ning yangi a’zosi Jek Grilishning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Angliyalik futbolchi "Everton" safida 4 ta o‘yinda 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Uning o‘yini mening xizmatim emas. Gap Jekda va uning yaxshiroq bo‘lishga intilishida. Uning isbotlaydigan narsasi bor - menimcha, har birimizda nimadir bor. Jek o‘zining yaxshi futbolchi ekanini ko‘rsatmoqchi. O‘ylaymanki, u hozir buni ko‘rsatmoqda," - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi VVS.

29 yoshli vinger yozda ijara asosida "Everton" safiga qo‘shildi. Liverpul klubi safida Grilish joriy mavsum yakuniga qadar to‘p suradi. APLning 3 turidan keyin uning jamoasi 6 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 12:19, 01.09.2025.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.