Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

"Ayaks" hujumchisini APL klubiga sotishga rozi bo‘ldi

"Ayaks" hujumchisini APL klubiga sotishga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning "Ayaks" klubi hujumchi Brayan Brobbini Angliyaning "Sanderlend" jamoasiga sotadi. Bu haqda Telegraaf portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Ayaks" 20 million yevro oladi, yana 5 millioni bonuslar ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin. "Sanderlend" futbolchiga uni qoniqtiradigan shartnoma taklif qilishi qoldi. Futbolchi shanba kungi "Volendam"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmadi, chunki murabbiy u o‘yinga e’tibor qarata olmaydi degan xulosaga keldi.

Brobbi "Ayaks"ni transfer oynasi boshidayoq tark etishi mumkin edi, ammo u dastlab "Komo" variantini rad etdi, keyin "Renn" yoki "Lill"ga o‘tishni istamadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, "Fulxem" Brobbini sotib olish o‘rniga ijaraga olmoqchi bo‘lgani uchun variantni rad etgandi.

23 yoshli Brobbi "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 163 ta o‘yinda maydonga tushib, 56 ta gol urgan va 24 ta golga hammualliflik qilgan. Niderlandiya terma jamoasi safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Kiritildi: 13:02, 01.09.2025.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик