"Fulxem" "Chelsi" bilan Tayrik Jorjni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
19 yoshli vinger uchun kelishuv umumiy qiymati 22 mln funt bo‘lib, qayta sotilganda ulush ham kiritilgan.
Angliya yoshlar terma jamoasi hujumchisi 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan.
"Chelsi" Tayrikka "Fulxem" futbolchisi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ruxsat berdi.













