Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Paulu Bentu O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etishi mumkin — manba

Paulu Bentu O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etishi mumkin — manba

Baho:
+ | -

Portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu O‘zbekiston terma jamoasining taklifini rad etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Aleksandr Troiskiy o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Troiskiyning yozishicha, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) Paulu Bentuga bosh murabbiylik lavozimi bo‘yicha rasmiy taklif yuborgan. Murabbiy muzokaralar olib borish maqsadida Toshkentga kelib, shartnoma shartlari bilan tanishib chiqqan. Biroq taqdim etilgan shartnoma portugaliyalik mutaxassisga ma’qul kelmagan va tez orada O‘zbekistonni tark etgan.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Bentu ayni paytda boshqa terma jamoalar hamda Yevropaning bir nechta klublaridan ham takliflar olgan. Xususan, unga Italiya klublaridan birining jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Avvalroq Temur Kapadze CAFA Nations Cup-2025 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Ummonga qarshi bahsdan (1:1) so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Paulu Bentuning O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi deyarli aniq ekanini aytgandi:

“Menga bu bo‘yicha savol bermasalaring ham bo‘ladi. Oktzbrda Urugvayga qarshi bo‘ladigan o‘yinda milliy jamoani kim boshqarishini hammangiz bilib o‘tiribsizlar. Qolgani nima bo‘ladi buni vaqt ko‘rsatadi”.

Ma’lumot uchun, Temur Kapadze 2025-yil yanvar oyida O‘zbekiston terma jamoasini boshqaryviga kelgan edi. U Srechko Katanes iste’foga chiqqanidan so‘ng vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangan. Kapadze hozirga qadar terma jamoa bosh murabbiyi sifatida 6 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta g‘alaba va 4 ta durang natija qayd etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:52, 01.09.2025.
O'qildi: 5086 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик