Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorovda keskin pasayish, Javohir Sindorov esa bir pog‘ona ko‘tarildi

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorovda keskin pasayish, Javohir Sindorov esa bir pog‘ona ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Jahon Shaxmat Federasiyasi avgust oyining yakuni bo‘yicha reytingni yangiladi. Yangilangan ro‘yxatning kuchli 100 taligiga 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster kirdi.

Norvegiyalik Magnus Karlsen hali ham FIDE reytingida yetakchilik qilmoqda. Hozirda uning hisobida 2839 ochko mavjud. Ikkinchi pog‘onani amerikalik Hikaru Nakamura (2807) egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka yana bir AQSH vakili Fabiano Karuana (2789) kiradi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov to‘rt pog‘ona pastladi. U so‘nggi bir necha oy davomida 7-o‘rinni egallab kelayotgan edi, ammo avgust yakunlariga ko‘ra u reytingda 11-pog‘onani band etgan. Hozirda Abdusattorov hisobida 2748 ochko bor (o‘tgan oyda 2771 ochko bo‘lgan).

Xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yana bir shaxmatchi Javohir Sindorov esa bir pog‘ona ko‘tarildi. U iyul oyida FIDE reytingida 25-o‘rinni band qilgan bo‘lsa, avgust yangilanishida 24-o‘ringa ko‘tarildi (2722 ochko bilan).

Rustam Qosimjonov so‘nggi oylar davomida O‘zbekistonning eng kuchli uchinchi shaxmatchisi nomini hech kimga bermay kelayotgan edi. Biroq avgust oyida Nodirbek Yakubboyev (2681 ochko) keskin ko‘tarildi va reytingda 59-o‘rindan 45-o‘ringa chiqdi. U nafaqat 14 pog‘ona ko‘tarildi, balki Rustam Qosimjonovni ortda qoldirib, mamlakatning 3-raqamli shaxmatchisiga ham aylanib oldi. Qosimjonov esa 2675 ochko bilan 46-o‘rindan joy olgan. O‘zbekistonlik yana bir grossmeyster Shamsiddin Vohidov esa avgust oyi reytingida pastladi. U hozirda 2645 ochko bilan 83-o‘rinni egallab turibdi (avval 76-o‘rin).

O‘zbekiston shaxmat federasiyasi esa jamoalar reytingida 13-o‘rinni egallab turibdi. Federasiya hisobida 2601 ochko mavjud.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:05, 02.09.2025.
O'qildi: 2392 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.