Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Al-Ittihod" "Braga" futbolchisi uchun 30 million sarflashga tayyor

"Al-Ittihod" "Braga" futbolchisi uchun 30 million sarflashga tayyor

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni chempionati vakili "Al-Ittihod" Portugaliyaning "Braga" klubiga vinger Rojer Fernandesh transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida yozdi.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsumda mamlakat chempioniga aylangan "Al-Ittihod" Portugaliya yoshlar terma jamoasida to‘p tepgan 19 yoshli futbolchini 30 million yevroga sotib olishga tayyor.

Fernandesh Afrikaning Gvineya-Bisau davlatida tug‘ilgan. U yoshligida Portugaliyaga ko‘chib o‘tgan va butun faoliyatini "Braga"da o‘tkazgan. Klub safida 91 ta o‘yinda 12 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:16, 02.09.2025.
O'qildi: 1235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик