"Bayer"ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoani tanlashda ishtirok etmadi.
Niderlandiyalik mutaxassis “Real”dan himoyachi Lukas Vaskesni sotib olish haqida umuman hech narsa bilmas edi.
U uni birinchi marta klub joylashgan bazada ko‘rdi. Klub rahbariyati “aspirinlar”ning sobiq ustozi, hozirda “Real”da faoliyat yuritayotgan Xabi Alonso bilan maslahatlashgani ma’lum, deb yozadi Sport Bild.













