Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Chelsi" o‘z futbolchisini "Strasburg"ga sotib, 33 kundan keyin qaytarib oldi

"Chelsi" o‘z futbolchisini "Strasburg"ga sotib, 33 kundan keyin qaytarib oldi

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachi Ishe Semyuels-Smitni 33 kundan keyin qayta sotib olish sharti bilan Fransiyaning "Strasburg" klubiga sotdi.

Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida "Chelsi" Liam Delapning jarohati sababli, hujumchi Mark Guini "Sanderlend"dan muddatdan oldin ijaradan qaytarib oldi.

O‘sha kuni "Chelsi" bundan ham g‘alati transferni amalga oshirdi. The Athletic xabariga ko‘ra, "ko‘klar" bundan 33 kun avval o‘zlarining qardosh klubi "Strasburg"ga sotilgan Semyuels-Smitni qaytarib sotib olishgan.

19 yoshli futbolchining na sotish, na qayta sotib olish narxi oshkor qilinmadi.

Biroq, "Chelsi" Semyuels-Smitni o‘zida saqlab qolmadi, darhol Isheni Chempionship vakili "Suonsi"ga ijaraga yubordi.

2023 yilning yozida "Chelsi" "Everton"dan Semyuels-Smitni 4 million funt sterlingga sotib olgandi. Ishe hali "ko‘klar"ning asosiy jamoasida debyut qilganicha yo‘q.

Kiritildi: 11:02, 03.09.2025.
O'qildi: 2627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик