Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Chelsi" hujumchisi: "Mareskaning mashg‘ulotlari "Barselona"dagiga o‘xshaydi"

"Chelsi" hujumchisi: "Mareskaning mashg‘ulotlari "Barselona"dagiga o‘xshaydi"

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Mark Giu jamoa bosh murabbiyi Enso Mareska haqida fikr bildirdi.

"Chelsi" muvaffaqiyatining kaliti - birdamlik va murabbiyning ishi. U taktikani a’lo darajada tuzmoqda, mashg‘ulotlar shiddatli o‘tmoqda. Ishonchim komilki, unga Pep Gvardiola ta’sir ko‘rsatgan, mashg‘ulotlar "Barsa" o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarga juda o‘xshaydi," - deya Giuning so‘zlarini keltiradi jurnalist Saymon Fillips.

"Chelsi" Giuni 2024 yilda "Barselona"dan sotib olgan.

O‘tgan yozda "ko‘klar" 19 yoshli ispaniyalikni "Sanderlend"ga ijaraga bergandi, ammo Liam Delapning jarohatidan so‘ng yosh forvard shoshilinch ravishda ortga qaytarildi.

Kiritildi: 12:39, 04.09.2025.
O'qildi: 1104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик