Madridning "Real" klubi va Ispaniya terma jamoasi o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal kelasi yozda faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.
"Keyingi yil Ispaniya bilan Jahon chempioni va "Real" bilan 7 karra YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritsam, faoliyatimni yakunlayman", - dedi 33 yoshli ispaniyalik lateral.
Futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.













