Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag‘lub eta olmadi (videosharh)

Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag‘lub eta olmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Rossiya va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsi kecha bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Moskvadagi «Lukoyl Arena» stadionida o‘tkazildi. O‘yinni o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqardi. O‘yin 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Iordaniya terma jamoasi FIFA reytingida 64-o‘rinni egallab turibdi. 2026 yili ushbu jamoa tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi, chunki saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Iordaniyaga qarshi bahsdan tashqari, Rossiya terma jamoasi 2025 yilda yana to‘rtta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. 19 mart kuni Valeriy Karpin shogirdlari Grenadani yirik hisobda (5:0) mag‘lub etdi. 25 mart kuni Zambiya ustidan ham 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. 6 iyun kuni 56 yoshli mutaxassis shogirdlari Nigeriya bilan durang o‘ynadi (1:1). 10 iyun kuni esa Rossiya Belarus terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Sentyabr oyida Valeriy Karpin jamoasi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu safar raqib Qatar terma jamoasi bo‘ladi. Ushbu bahs 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
2025 yil 4 sentyabr, payshanba. 22:00
Rossiya — Iordaniya - 0:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:03, 05.09.2025.
O'qildi: 1331 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик