Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralashida Chilini yirik hisobda (3:0) mag‘lub etdi. Braziliya terma jamoasining italiyalik ustozi Karlo Anchelotti uchun bu afsonaviy "Marakana" stadionidagi ilk o‘yin bo‘ldi. U o‘z his-tuyg‘ularini gapirib berdi.
"Menga muhit yoqdi, jamoaga bo‘lgan muhabbat sezildi. O‘ylaymanki, muxlislar bizning o‘yinimizdan ham mamnun," - deya Karlo Anchelottining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.













