Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Panini oilasiga qo‘shildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Panini oilasiga qo‘shildi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi jahonning mashhur sport kolleksiya brendi – Panini bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tarixda ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi Panini'ning jahon miqyosida mashhur stiker albomidan joy oladi.

Italiyaning Panini kompaniyasi bugungi kunda sport kolleksiyalari, nashriyot va savdo kartochkalari sohasida dunyo yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya 1970 yildan beri FIFA bilan birgalikda Jahon chempionatiga bag‘ishlab futbol ixlosmandlari uchun seriyali kolleksiyalar taqdim etib kelmoqda. Bugungi kunda Panini FIFA, UYEFA, NBA, NFL hamda dunyoning yetakchi futbol assosiasiyalari va klublari bilan faoliyat olib boradi.

"Bu hamkorlik O‘zbekiston futboli imidjini mustahkamlash nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Panini rasmiy kolleksiyasidan joy olish – yurtimiz futbolining yillar davomida bosib o‘tgan rivojlanish yo‘liga juda mos e’tirofdir. Bu butun dunyoga O‘zbek futbolining jahon miqyosida o‘z o‘rnini topib borayotganligini ko‘rsatadi," — dedi O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Milliy jamoamiz Panini bilan faoliyat olib boradigan Markaziy Osiyodagi birinchi jamoaga aylanadi. Yillar davomida butun dunyo futbol ishqibozlari tomonidan sevib yig‘ilgan Panini albomi endilikda terma jamoamiz va millatimiz ruhini aks ettiradi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 16:40, 06.09.2025.
O'qildi: 2113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик