Kamerunlik darvozabon Andre Onana “Manchester Yunayted”ni tark etadi.
29 yoshli futbolchi Turkiya chempionatiga o‘tmoqda va u yerda "Trabzonspor"da o‘ynaydi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Onana sotib olish opsiyasisiz ijara evaziga yangi klubi sharafini himoya qiladi.
Kamerunlik dastlab ikkilanib turdi, ammo oxir-oqibat yangi chaqiruvni qabul qilishga qaror qildi.
Andre 2023 yilning yozida "qizil iblislar" futbolchisiga aylangandi.













