Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

FIFA delegasiyasi Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilgan Milliy futbol markazini ko‘zdan kechirdi

FIFA delegasiyasi Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilgan Milliy futbol markazini ko‘zdan kechirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, ikki yil avval FIFA Prezidenti Janni Infantino ushbu hududga tashrif buyurib, markaz qurilishiga ramziy g‘isht qo‘ygan va loyihalar bilan tanishgandi. Tashrif davomida mehmonlarga markaz imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Bugun bu yerda bir vaqtning o‘zida bir nechta terma jamoa mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin. Zamonaviy stadionlar, o‘quv binolari, sport zallari va mehmonxona futbolchilar ixtiyoriga taqdim etilgan.

Sport tibbiyoti markazida basseyn, mashg‘ulot zali va reabilitasiya bo‘limlari tashkil etilgan. Jarohatlarning oldini olish hamda futbolchilarning qisqa fursatda tiklanishi uchun xorijiy uskunalar olib kelingan, ilg‘or uslublar joriy etilgani qayd etildi.

Delegasiya Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, VAR, terma jamoalar tayyorgarlik markazi va Respublika futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashib, Jahon chempionati yo‘llanmasi bilan tabrikladi:

“Avvalo, sizlarni tarixiy natija bilan tabriklayman. Bu yutuq mamlakatiingizda sport va futbolga berilayotgan e’tibor samarasi. Futbolingizning uzoq va sharafli yo‘lni bosib o‘tayotganining mevasidir. Oldingizda sharafli vazifa — Jahon chempionatida munosib ishtirok etish turibdi. Siz millionlab muxlislaringizga quvonch ulashayotsiz. Ishonamanki, Jahon chempionatida butun dunyo yana bir bor O‘zbekiston futboli salohiyatiga guvoh bo‘ladi”, — dedi Infantino.

Tashrif davomida FIFA delegasiyasi markaz infratuzilmasiga yuksak baho berib, bu yerda O‘zbekiston terma jamoalarining xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari mumkinligini ta’kidladi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 20:30, 08.09.2025.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.