Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Desham: "PSJ" bizning dushmanimiz emas"

Desham: "PSJ" bizning dushmanimiz emas"

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham parijliklar hujumi vakillari Usmon Dembele va Dezire Duening terma jamoadagi jarohatlari fonida "PSJ"ning ayblovlariga qo‘shilmadi.

"Voqea sodir bo‘ldi, bundan qochib bo‘lmaydi. Men, avvalo, Usmon va Dezirening jarohatlari, shuningdek, Islandiya bilan o‘yin oldidan ikki futbolchimizni yo‘qotayotganimiz uchun ularga achinaman. Biz barcha futbolchilar bilan bo‘lgani kabi, ularning kayfiyatini hisobga olgan holda, juda professional va asta-sekin harakat qildik. Gap-so‘z bo‘lmasligi uchun: "PSJ" raqib emas, hech qachon raqib bo‘lmagan. Umuman olganda, klublar raqib emas, garchi bizning manfaatlarimiz farq qilishi mumkin bo‘lsa-da. Hozirda yagona raqibimiz - Islandiya," - deya Deshamning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

9 sentyabr kuni Fransiya terma jamoasi JCH-2026 saralashida Islandiya bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 06:43, 09.09.2025.
O'qildi: 559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик