Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

JCH-2026 saralash, KONMEBOL: Saralashning so‘nggi turida sensasion natijalar qayd etildi

JCH-2026 saralash, KONMEBOL: Saralashning so‘nggi turida sensasion natijalar qayd etildi

Baho:
+ | -

Janubiy Amerikada 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi yakunlandi. So‘nggi turda bir qator qiziqarli va sensasion natijalar qayd etildi.

Ekvador — Argentina 1:0
Gollar: Valensiya (45+13’, penalti).

Ekvador terma jamoasi o‘z maydonida JCH-2022 chempioni Argentinani mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Enner Valensiya birinchi bo‘limning qo‘shimcha daqiqalarida penaltidan urdi. Argentina 31-daqiqada Nikolas Otamendi maydondan chiqib ketdi, 50-daqiqada esa ekvadorlik Moyses Kaysedo ikkinchi sariq kartochka olib jamoasini kam qildirdi. Lionel Messi bu o‘yinda ishtirok etmadi. Argentina saralashda birinchi o‘rinni egalladi, Ekvador esa ikkinchi bo‘lib mundialga yo‘l oldi.

Chili — Urugvay 0:0
Sant’yagoda bo‘lib o‘tgan bellashuv g‘olib aniqlamadi. Hisob 0:0 bilan yakunlandi. Chililik Loyola va urugvaylik darvozabon Mele sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Urugvay 28 ochko to‘plab 4-o‘rinni egallab JCH-2026 uchun yo‘llanma oldi. Chili esa saralashda so‘nggi — 10-o‘rinni egalladi.

Venesuela — Kolumbiya 3:6
Gollar: Segoviya (3’), Mina (10’), Martines (12’), Suares (42’, 50’, 59’, 67’), Rondon (76’), Kordoba (78’).

Turning gollarga boy o‘yini Maturin shahrida o‘tdi. Venesuela va Kolumbiya terma jamoalari 9 ta gol urishdi. Mehmonlar safida Luis Suares poker qayd etdi, Kordoba ham bir gol urdi. Venesuelaliklar tarkibida Segoviya, Martines va Rondon gol muallifi bo‘ldi. Yakunda Kolumbiya 6:3 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Boliviya — Braziliya 1:0
Gollar: Terseros (45+4’, penalti).

Saralashning asosiy sensasiyasi Boliviyadan keldi. Maydon egalari jahon grandi Braziliya ustidan minimal hisobda zafar quchdi. Yagona golni Migel Terseros birinchi bo‘limda penaltidan urdi. Bu natija orqali Boliviya 7-o‘ringa ko‘tarilib, qit’alararo pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Braziliya esa saralashda 5-o‘rin bilan mundialga chiqdi.

Peru - Paragvay - 0:1
Gol: Galarsa (78)
Paragvay safarda Peruni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golni 78-daqiqada Matias Galarsa urdi.

18 o‘yinda 28 ochko jamg‘argan Paragvay saralashni 6-o‘rinda yakunladi va jahon chempionati–2026ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:59, 10.09.2025.
O'qildi: 4335 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик