"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Norvegiya terma jamoasi safida Moldovaga qarshi o‘yinda beshta gol urdi. Uchrashuv skandinaviyaliklarning 11:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi, 25 yoshli forvard esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yettita golda ishtirok etdi - o‘zi beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahs tugagach, futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda atigi ikki so‘z yozib, to‘p bilan tushgan suratini ilova qilgan: "Not Bad" ["Yomon emas").
Erling Xoland Norvegiya terma jamoasi safida 45 ta o‘yinda 48 ta gol urgan. "Shaharliklar" vakili 48 yil ichida jahon chempionati uchun Yevropa saralashida penta-trik qayd etgan ilk futbolchi bo‘ldi.













