Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

FIDE Grand Swiss. 6-turda faqat Ortiq Nig‘matov g‘alaba qozondi

FIDE Grand Swiss. 6-turda faqat Ortiq Nig‘matov g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Samarqand shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE Grand Swiss va FIDE Women’s Grand Swiss musobaqasi doirasida kecha 6-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun mazkur tur u qadar muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Faqat 1 nafar sportchimiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, 8 vakilimiz mag‘lubiyat alamini tortdi. 5 shaxmatchimiz esa durang qayd etdi.

G‘alaba Ortiq Nig‘matovga nasib etdi. U armanistonlik Xaik Martirosyanni mag‘lub etdi. Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindarov o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘ldi, ammo ular bu imkoniyatda foydalana olishmadi. Abdusattorovning raqibi esa bahs boshidanoq durangga o‘ynadi va bexato harakat qildi.

Qizlar orasida Afruza Hamdamova qozog‘istonlik kuchli grosmeyster Bibisara Assaubayevaga qarshi dona surib, durangga erishdi. Qolgan qizlarimiz bu turda mag‘lub bo‘lishdi.

5-turdan keyin Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev 4,0 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida mos ravishda 13 va 21-pog‘onalarni egallab turishibdi.

Qizlar orasida Afruza Hamdamova 4,0 ochko 8-o‘rinni band etgan.

FIDE Grand Swiss 2025 — 6-tur natijalari (O‘zbekiston vakillari)

Erkaklar (Open):

Nodirbek Abdusattorov — Maksim Rodshteyn (Isroil) - 0,5:0,5
Javohir Sindarov — Salim Solih (BAA) - 0,5:0,5
Nodirbek Yakubboyev — Pranav (Hindiston) - 0,5:0,5
Shamsiddin Vohidov — Xans Nimann (AQSH) - 0:1
Muhiddin Madaminov — Maksim Chigayev (Ispaniya) - 0:1
Jahongir Vohidov - Aleksandr Donchenko (Germaniya) - 0:1
Abdumalik Abdusalimov — Murali Kartikeyan (Hindiston) - 0,5:0,5
Ortiq Nig‘matov — Xaik Martirosyan (Armaniston) - 1:0
Muhammadzohid Suyarov — Amin Bassim (Misr) - 0:1

Ayollar (Women’s):
Afruza Hamdamova — Bibisara Assaubayeva (Qozog‘iston) - 0,5:0,5
Gulruhbegim Tohirjonova — Xarika Dronavali (Hindiston) - 0:1
Guldona Karimova — Mariya Muzichuk (Ukraina) - 0:1
Umida Omonova — May Narva (Estoniya) - 0:1
Madinabonu Xalilova — Stavroula Solakidu (Gresiya) - 0:1

Musobaqada bugun dam olish kuni. 7-tur o‘yinlari ertaga bo‘lib o‘tadi.

Erkaklar (Open):

Nodirbek Abdusattorov — Amin Tabataboiy (Eron)
Javohir Sindarov — Robert Oganesyan (Armaniston)
Nodirbek Yakubboyev — Aliriza Firuzja (Fransiya)
Shamsiddin Vohidov — Vasiliy Ivanchuk (Ukraina)
Muhiddin Madaminov — Aleksandar Injich (Serbiya)
Jahongir Vohidov - Tennison Evomazion Olisa (Nigeriya)
Abdumalik Abdusalimov — Xaik Martirosyan (Armaniston)
Ortiq Nig‘matov — Maksim Chigayev (Ispaniya)
Muhammadzohid Suyarov — Daniyel Darda (Belgiya)

Ayollar (Women’s):
Afruza Hamdamova — Mariya Muzichuk (Ukraina)
Gulruhbegim Tohirjonova — Oliviya Kiolbasa (Polsha)
Guldona Karimova — Anna Ushenina (Ukraina)
Umida Omonova — Agraval Vantika (Hindiston)
Madinabonu Xalilova — Teodora Injach (Serbiya)

Manba: stadion.uz

Амалдаги шахмат тожи эгаси Гукеш Доммаражжу кетма-кет 2 та мағлубиятдан кейин 53-ўринга тушиб кетди (3 очко).

Kiritildi: 10:50, 10.09.2025.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.