Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Kilian Mbappe — zo‘rlash ayblovlari haqida: «Bu meni ranjitdi»

Kilian Mbappe — zo‘rlash ayblovlari haqida: «Bu meni ranjitdi»

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe 2024 yilda Stokgolmda paydo bo‘lgan zo‘rlash ayblovlari haqida fikr bildirdi.

«Men umuman aloqador emasdim. Bu qadar jiddiy mavzu haqida hamma go‘yo go‘shtga tashlangan kabi yopishib olganini ko‘rish juda qayg‘uli edi. Bu holat, afsuski, juda ko‘p ayollar bilan sodir bo‘ladi, shunga qaramay, ayrimlar uni sarlavha va maqolalar uchun ishlatdi. Hech kim ehtimoliy jabrlanuvchi bilan nima bo‘lishi haqida o‘ylamadi. Keyin hamma mening hech qanday aloqam yo‘qligini tushunganda, nima sodir bo‘ldi? U e’tibordan chetda qoldi, uning qayerda ekani noma’lum, hech kimni qiziqtirmadi. Bu nozik mavzu va menga juda g‘amgin tuyuldi.

Men bundan chiqib ketishimni bilardim, chunki aloqador emasdim. Polisiya hech qachon menga qo‘ng‘iroq qilmadi, ismim hech qayerda tilga olinmadi. Boshidanoq hammasi yaxshi bo‘lishini anglardim, ammo bu oson emas. Ayniqsa, yaqinlaring uchun va yanada ko‘proq — ayollar uchun. Sen xohlasang ham, xohlamasag ham yo‘q, bu haqda gapirganda suhbatdoshing ko‘zidan: «Balki 1% bo‘lsa ham, u biror narsa qilganmiding?» degan fikrni his qilasan. Bu meni ranjitdi. Lekin mening bu ishga hech qanday aloqam yo‘q… Bu ayollarning tabiiy reaksiyasi, chunki ularning ko‘pchiligi shunga o‘xshash holatdan o‘tadi», — deya Mbappening so‘zlarini Footmercato nashri L’Équipe’ga tayanib yozdi.

Eslatib o‘tamiz, Shvesiya prokuraturasi Mbappega nisbatan zo‘rlashda gumon qilinishi bo‘yicha ishni yetarli dalillar yo‘qligi sababli yopgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:16, 11.09.2025.
O'qildi: 3153 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик