Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Rabyo "Marsel" muxlislari bilan xayrlashdi: "Siz doimiy tayanch edingiz"

Rabyo "Marsel" muxlislari bilan xayrlashdi: "Siz doimiy tayanch edingiz"

Baho:
+ | -

"Marsel"ning sobiq yarim himoyachisi Adrian Rabyo fransuz jamoasi muxlislariga murojaat qilib, ularni qo‘llab-quvvatlagani va ruhlantirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

30 yoshli futbolchi "Marsel" kiyinish xonasida jamoadoshi Jonatan Rou bilan mushtlashgani uchun klubdan ketdi. "Oq-ko‘klar" rahbariyati ikkala futbolchini ham asosiy jamoadan chetlatdi, keyin esa transferga qo‘ydi. 1 sentyabr kuni Rabyo "Milan" bilan 2028 yil yozigacha shartnoma imzoladi.

"Aziz "Marsel" muxlislari, "Milan"dagi yangi sarguzashtimni boshlashdan avval sizlarga murojaat qilmoqchiman. Jamoaga kelgan birinchi kunimdanoq "PSJ"dagi o‘tmishimga e’tibor bermagansiz va meni darhol marsellik sifatida qabul qilgansiz. Men ketgunimcha shunday bo‘ldi. Butun mavsum davomida meni qo‘llab-quvvatladingiz, hamroh bo‘ldingiz, ilhomlantirdingiz, olqishladingiz... doimiy tayanch bo‘ldingiz. Sizni harakatga keltiradigan bu haroratni, bu ehtirosni, futbolga bo‘lgan muhabbatni his qildim. Men "Velodrom"dagi muhitni, bayram onlaridagi quvonchni va eng asosiysi - bu stadionda gol urganingdagi ta’riflab bo‘lmas hissiyotni hech qachon unutmayman," - deb yozdi yarim himoyachi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Kiritildi: 08:20, 11.09.2025.
O'qildi: 527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.