Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Sevilya"ning qarzi 66 million yevroga tushdi

"Sevilya"ning qarzi 66 million yevroga tushdi

Baho:
+ | -

"Sevilya" prezidenti Xose Mariya del Nido Karrasko 10 sentyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Batista Mendi va Fabio Kardozo taqdimotida klubning iqtisodiy ahvoli haqida gapirdi.

"Klubning iqtisodiy ahvoli yaxshilanmoqda, sof qarzimiz 66 million yevroga tushdi. Yettita o‘yinchi ketdi va beshtasi keldi. Yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishda yordam berish uchun shartnomalarini o‘zgartirishga qaror qilgan uch futbolchi - Jibril Sou, Adnan Yanuzay va Markoga omma oldida hurmat bajo keltirmoqchiman.

2025 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, qarz miqdori 66 million yevroni tashkil etadi. Bu bizga klub to‘lov qobiliyatiga ega ekanligini ta’kidlash imkonini beradi," - deya Karraskoning so‘zlarini keltiradi SevillaVA.

Shuningdek, prezident "Sevilya" ketma-ket ikki mavsum yevrokuboklarda ishtirok etmaganini, bu esa moliyaviy ahvolga putur yetkazganini eslatdi.

Ikki yil oldin "Sevilya"ning sof qarzi 200 million yevrodan oshgandi.

Kiritildi: 08:22, 11.09.2025.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.