"At-Taavun" "Bornmut" yarim himoyachisi Romen Fevrni ijaraga olganini e’lon qildi.
Kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan 27 yoshli fransuz 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
O‘tgan mavsumda u "Brest"ga ijaraga berilgandi. Fransiya klubi safida Fevr 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













