"Santos"ning braziliyalik hujumchisi Neymar "PSJ"da o‘ynagan vaqtlarida Lionel Messi bilan bog‘liq voqeani esladi.
"PSJ"da bir marta Messidan penalti tepishni so‘raganimda, u shunday degandi: "Yo‘q, men bu yerda penalti turganim yo‘q. Yo o‘zing ol, yo Mbappega ber." U hatto bahslashmaydi ham. Juda xotirjam," - deya Neymarning so‘zlarini keltiradi BeksFCB.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017-2023 yillarda "PSJ" sharafini himoya qilgan bo‘lsa, Messi 2021-2023 yillarda parijliklar sharafini himoya qilgan. Ta’kidlash kerakki, ular "PSJ"ga qadar "Barselona"da birga o‘ynashgan. Shuningdek, ular juda yaqin do‘st.













