Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Superliga. "Navbahor" - "Surxon". Prevyu

Superliga. "Navbahor" - "Surxon". Prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" o‘z maydonida Termizning "Surxon" jamoasini qabul qiladi.  

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 37-marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 25 tasida "lochinlar"ning qo‘li baland kelgan (bitta o‘yinda "Navbahor"ga texnik g‘alaba yozilgan),  7 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 5 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 87-27, "Navbahor" foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda "Navbahor" 80 ochko, "Surxon" esa 26 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997-yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 37 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.

"Navbahor" hamda "Surxon" klublari bungacha Namanganda 18-marta kuch sinashishgan (2019-yilgi bahs ma’lum sabablarga ko‘ra, Farg‘onada o‘tkazilgan va ushbu o‘yin ham "Navbahor" nominal mezbon bo‘lganligi bois, inobatga olindi).

1992-yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, "Navbahor"ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 15 ta bahsda "lochinlar" g‘alaba qozonishgan (Farg‘onadagi o‘yinda ham), faqat bitta bellashuvda, o‘tgan yilgi mavsumda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan.  

Fakt: "Surxon" hali Namanganda g‘alaba qozona olmagan.

"Lochinlar" o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda "uchar tulporlar" darvozasini 57-marta ishg‘ol etishgan bo‘lsa, termizliklar Namanganda "Navbahor" darvozasiga  bor-yo‘g‘i 6 ta to‘p kiritishgan.

Barcha uchrashuvlar natijalari:                         
28.03.1992          "Surxon" – "Navbahor"  – 1:1
29.10.1992          "Navbahor" – "Surxon"  –  +:-
13.04.1994          ASK – "Navbahor"  –      2:3
13.11.1994          "Navbahor" - ASK   –   2:1
11.06.1995          "Navbahor" - ASK –     4:0
19.08.1995          ASK – "Navbahor" –    2:5
26.06.1996          "Navbahor" - ASK –     4:1
29.08.1996          ASK – "Navbahor" –    1:4
13.04.1997          "Navbahor" – "Surxon" – 9:0
04.10.1997          "Surxon" – "Navbahor" – 1:0
18.04.1998          "Navbahor" – "Surxon" – 5:0
08.10.1998          "Surxon" – "Navbahor" – 3:1
06.06.1999          "Navbahor" – "Surxon" – 1:0
14.08.1999          "Surxon" – "Navbahor" – 1:0
19.04.2000          "Surxon" – "Navbahor" – 3:3
30.09.2000         " Navbahor" – "Surxon" – 5:0
23.06.2001          "Surxon" – "Navbahor" – 0:3
31.07.2001          "Navbahor" – "Surxon" – 7:1
28.04.2002          "Surxon" – "Navbahor" – 1:0
19.10.2002          "Navbahor" – "Surxon" – 1:0
14.05.2003          "Surxon" – "Navbahor" – 1:0
13.09.2003          "Navbahor" – "Surxon" – 2:1
15.03.2004          "Navbahor" – "Surxon" – 6:0
05.11.2004          "Surxon" – "Navbahor" – 0:4
21.04.2019          "Navbahor" – "Surxon" – 3:0
19.10.2019          "Surxon" – "Navbahor" – 0:0.
19.08.2020          "Surxon" – "Navbahor" – 1:1
20.11.2020          "Navbahor" – "Surxon" – 1:0
12.05.2021          "Navbahor" – "Surxon" – 2:0
03.10.2021          "Surxon" – "Navbahor" – 1:0.
10.03.2022          "Surxon" – "Navbahor" – 1:2
11.08.2022          "Navbahor" – "Surxon" – 2:0
14.05.2023          "Navbahor" – "Surxon" – 1:0
27.10.2023          "Surxon" – "Navbahor" – 1:2
31.03.2024          "Navbahor" – "Surxon" – 2:2
26.08.2024          "Surxon" – "Navbahor" – 0:1
21.04.2025          "Surxon" – "Navbahor" – 1:0

Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" – "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 12-sentyabr kuni Namangandagi "Markaziy" stadionida soat 19:30 da start oladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 15:58, 11.09.2025.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.