Kirish Ro'yxatdan o'tish

Frank Xavi Simonsning "Tottenxem"dagi debyutiga baho berdi

Frank Xavi Simonsning "Tottenxem"dagi debyutiga baho berdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank Xavi Simonsning jamoadagi debyutida qanday o‘yin ko‘rsatgani haqida fikr bildirdi.

"Shporlar"ning yangi a’zosi Premyer-liga doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi golli uzatmani amalga oshirdi va 71-daqiqada zaxiraga olindi. Bahsda "Tottenxem" ishonchli g‘alabaga erishdi - 3:0.

"Menga Simonsning o‘yini yoqdi - ayniqsa, u to‘pni qabul qilishda doim tashabbus ko‘rsatdi. Birinchi golimizdan keyingi epizodda ajoyib assist. Ajoyib debyut," - dedi Frank o‘yindan keyingi intervyusida.

Kiritildi: 08:31, 14.09.2025.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик