Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ertangi o‘yinga to‘liq tayyormiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ertangi o‘yinga to‘liq tayyormiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va darvozabon Abduvohid Ne’matov ertangi “Al Ahli”ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev:
— Biz Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasidamiz. Ertandan musobaqadagi yurishimizni boshlaymiz. Raqibimiz “Al Ahli” kuchli tarkib va katta salohiyatga ega jamoa. “Nasaf” uchun bu kabi turnirda qatnashish yangilik emas, biz ilgari ham “Al Ahli” darajasidagi kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushganmiz. Jamoamiz har qanday raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishga qodir. Ertangi o‘yinga to‘liq tayyormiz, yigitlarning ham kayfiyati yaxshi. Albatta, ijobiy natija uchun bor kuchimizni safarbar qilamiz.

Abduvohid Ne’matov:
— Assalomu alaykum. Murabbiyimiz ta’kidlaganidek, ertaga kuchli jamoaga qarshi maydonga chiqamiz. Bu bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Biz bir jamoa sifatida imkoniyatimizni ishga solib, muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

Ertaga musobaqaning amaldagӣ chempionuga qarshi o‘ynaysiz. Bu bellashuvga qanday tayyorgarlik ko‘rdingiz?

— Yuqorida ham aytib o‘tdim, raqibimiz jiddiy jamoa — musobaqa chempioni. Yaqinda Saudiya Arabistoni Superkubogini ham qo‘lga kiritdi. Bu ularning kuchi va salohiyatidan dalolat beradi. Biz tayyorgarlik jarayonini shunga yarasha olib bordik. Ishonamanki, ertangi natija ham ijobiy bo‘ladi.

Siz 12 yildan ortiq vaqt mobaynida jamoani boshqarib kelyapsiz. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning eng sovrindor jamoalaridan biri bo‘lib turibsizlar va bu musobaqada qanday natija maqsad qilingansizlar?

— Men jamoada 12 yildan beri murabbiylik qilayapman, ammo klub bilan 26 yildan beri birgaman. Dastlab futbolchi, keyin murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman. So‘nggi yillarda “Nasaf” katta o‘sishga erishdi va bundan keyin ham rivojlanish niyatida. O‘ylaymanki, jamoamiz to‘g‘ri tizim asosida shakllanmoqda. Bu men uchun eng muhim jihat. Jamoamiz OCHL Elit musobaqada ishtirok etayotganidan xursandmiz va bu ishtirokimiz muntazam bo‘lishiga ishonaman.

Manba: https://t.me/fcnasaf
Kiritildi: 21:22, 14.09.2025.
O'qildi: 1765 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.