Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Liverpul-2025. Abdumalik Xalokov ikki karra jahon chempioniga aylandi

Liverpul-2025. Abdumalik Xalokov ikki karra jahon chempioniga aylandi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Angliyaning Liverpul shahrida mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida finalidan o‘rin olgan kechki janglar boshlandi.

Erkaklar o‘rtasida 60 kg. vazn toifasida jahon va olimpiya chempioni Abdumalik Xalokov oltin medal uchun braziliyalik Luiz Oliveyraga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz birinchi bo‘limda barcha hakamlarning ovozini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi bo‘lim tugashiga bir necha soniya qolganida raqib peshonasidan jarohat oldi. Shifokor esa Luiz Oliveyraga jangni davom ettirish uchun ruxsat bermadi.

Oqibatda ikki raund natijasiga ko‘ra g‘olib aniqlanadigan bo‘ldi. Hakam Abdumalik Xalokovning qo‘lini baland ko‘tardi. Baholar — 5:0 (20:18, 20:18, 20:18, 20:18, 20:18).

Shu tariqa, Xalokov ikki karra jahon chempioniga aylandi. U ilk marta JCHdagi oltin medalni 2023 yilda Toshkentda o‘tkazilgan musobaqada qo‘lga kiritgandi.

O‘zbekistonning JCHdagi oltin medallar soni 5 taga yetdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:41, 14.09.2025.
O'qildi: 1227 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик