Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Valverde "Arsenal"ni "Real" va "Barselona" bilan bir qatorga qo‘shdi

Valverde "Arsenal"ni "Real" va "Barselona" bilan bir qatorga qo‘shdi

Baho:
+ | -

Bilbaoning "Atletik" klubi Chempionlar ligasiga qaytdi. Umumiy bosqichning 1-turida Ernesto Valverde jamoasi o‘z maydonida "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi. Basklar bosh murabbiyi bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi.

"Musobaqa va Premyer-liga favoritlaridan biriga qarshi o‘ynaganda juda ehtiyot bo‘lish, imkoniyatlardan foydalanish va ko‘p imkoniyat bermaslik kerak. Ular katta pressingda, juda tez o‘ynashadi. Buni "Real" yoki "Barselona"ga qarshi o‘yinlarga qiyoslash mumkin", - deya Valverdening matbuot anjumanidagi so‘zlarini keltiradi UEFA sayti.

"Atletik" va "Arsenal" 16 sentyabr, seshanba kuni o‘zaro bahs olib boradi. Start hushtagini futbolchilar va muxlislar Bilbaodagi stadionda Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da eshitishadi.

Kiritildi: 22:37, 15.09.2025.
O'qildi: 1260 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик