Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

The Athletic maqolasi: Abduqodir Husanov — «Manchester Siti»ning muammoli pozisiyasini hal qilayotgan «buldozer»

The Athletic maqolasi: Abduqodir Husanov — «Manchester Siti»ning muammoli pozisiyasini hal qilayotgan «buldozer»

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-liga doirasida “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tgan “Manchester Siti” — “Manchester Yunayted” derbisida himoyachi Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi va ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. O‘zbekistonlik futbolchi haqida "The Athletic" nashri maqola e’lon qildi.

"Yanvarda Kayl Uoker "Siti"ni tark etganidan buyon bu pozisiyada kim to‘p surmasin, ikkilanish hukmron edi.

Shu bois, to‘p yuqoridan kelayotganida butun “Etihad”ning nafasi ichiga tushib ketgandek bo‘ldi. “Yunayted” futbolchisi Patrik Dorgu avval to‘pga yetib, ko‘kragida qabul qilganida, “Siti”ning barcha o‘yinchilari sekin harakatlanayotgandek tuyuldi, faqat Abduqodir Husanovdan tashqari.

U 20 yard masofani yuqori tezlikda bosib o‘tib, Dorgunu ortdan yiqitdi. Bu eng ravshan qoida buzilishi bo‘lsa-da, Gvardiola zaxiraga qarab bosh chayqadi.

Ammo bu Husanovning o‘yindagi yagona xatosi edi. “Siti” derbini 3:0 hisobida ishonchli tarzda yutdi. Nega hamma e’tibor shu holatga qaratildi? Chunki u holat Husanovning o‘ng qanotda o‘zgacha harakat qildi. O‘zbek himoyachisi maydonda “ortiqcha noziklik” qilmaydi. Uning futboli oddiy prinsipga asoslanadi: to‘pni ko‘rsa — olib qo‘yish uchun kurashadi. U ba’zan shoshma-shosharlik bilan harakat qiladi, ammo uning qat’iyat va sadoqat bilan himoya qilishi “Siti”ning muammoli qanotiga barqarorlik baxsh etdi.

U ko‘p bor podkatga kirdi, ammo agressiyasini nazorat qildi va zarbalarini vaqtida to‘g‘ri qo‘lladi. U maydondagi barcha futbolchilar ichida eng ko‘p himoyaviy harakatni amalga oshirdi: 1 ta to‘p tortib olish, 4 ta yo‘qotilgan to‘pni egallab olish va 7 ta bosh bilan qaytarish.

“Siti”ning zaif joyi — qarshi hujumda harakat qilishi va yuqori chiziqda tezkorlikning yetishmasligida edi. Husanov esa aynan shu muammoga “qattiq kuch” bilan yechim bo‘lishi mumkin.

Gvardiola o‘yindan keyin shunday dedi:

“Biz kelasi 11 oyda har uch kunda o‘ynaymiz. Shuning uchun Husanov hamma bahsda o‘ynay olmaydi. Lekin u yosh, juda tezkor va to‘pni yo‘qotmaydi. Ba’zan uning energiyasi noto‘g‘ri qarorlarga olib keladi, ammo vaqt o‘tishi bilan u rivojlanadi. U o‘ng qanotni yopdi, yaxshi himoya qildi va diqqatini yo‘qotmadi”.

Yozda “Siti” bu pozisiyani transfer orqali to‘ldirishi kutilgan edi, ammo to‘g‘ri nomzod topilmadi. Tino Livramento asosiy variant sifatida ko‘rildi, ammo “Nyukasl” uni sotishni rad etdi. Natijada Nunes va Lyuis bu rolda sinab ko‘rildi, ammo hech biri ishonchli o‘yin ko‘rsata olmadi.

Husanovning asosiy kuchi — chiziqda himoya qilish. U juda tezkor va duellarda faqat g‘alaba haqida o‘ylaydi. Zamonaviy Premyer-ligada — kuchli jismoniy tayyorgarlik va ko‘p o‘tishlar muhim bo‘lgan sharoitda — u “Siti” uchun mukammal himoyachiga aylanishi mumkin.

U hozircha “inversiya” qiladigan yoki doimiy hujumga qo‘shiladigan himoyachi emas, lekin jamoaga xavfsizlik baxsh etadi.

21 yoshli futbolchi juda tez o‘sdi: 2022 yil boshida u hali “Bunyodkor” yoshlar tarkibida edi. Mart oyida Belorusiyaning “Energetik-BGU” klubida professional debyut qildi. Fransiyada “Lans” safida 31 ta o‘yin o‘tkazgandan keyin esa Premyer-ligaga kelib qoldi.

“Chelsi”ga qarshi debyuti qiyin o‘tdi — 3-daqiqada xatoga yo‘l qo‘yib, golga sababchi bo‘ldi, yana bir daqiqadan so‘ng ogohlantirildi. Ammo u tezda o‘ziga kelib, bir necha bor samarali birga-bir himoyasini ko‘rsatdi va nega “Real” hamda “Nyukasl” uni olishga qiziqqanini isbotladi.

Husanov ba’zan “maydonda xaos yaratish istagi” bilan o‘ynayotgandek tuyuladi. Lekin uning jismoniy qudrati bilan u hatto 30:70 vaziyatni ham 70:30 foydasiga aylantira oladi.

Xozircha u muxlislar ko‘z o‘ngida “qattiq to‘qnashuvlar” orqali olqishlarga o‘rgangan. Ammo vaqt o‘tishi bilan u bundan ham puxta va barqaror himoyachiga aylanadi. Hozir esa Husanovning xavfli, ammo ishonchli himoyasi — “Siti”ning muammoli pozisiyasi uchun eng ishonchli yechim bo‘lib turibdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:48, 16.09.2025.
O'qildi: 5922 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.