Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari vodiy futboli haqida ham gapirdi.
“Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada to‘p tepib katta bo‘ladi. “Navbahor”ning har bir o‘yini – shahar uchun katta bayram”, - dedi davlatimiz rahbari.
Yaqinda “Navbahor” futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.
Prezidentimiz kelajakda bu akademiyada dunyoning "top" klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida o‘z mahoratini namoyon qiladigan ko‘plab futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.













