Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

«Andijon»ning Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasidagi raqibi haqida

«Andijon»ning Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasidagi raqibi haqida

Baho:
+ | -

17 sentyabr kuni «Andijon» klubi Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi yurishini boshlaydi. "Burgutlar" dastlabki turni o‘tgan mavsum bo‘lib o‘tgan OFK Chaqiruv Ligasi musobaqasining amaldagi chempioni — Turkmanistonning «Arkadag‘» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalib o‘tamiz.

«Arkadag‘» klubi uzoq tarixga ega klub emas. Jamoa 2023 yilning 1 aprel sanasida tashkil topgan.

Jamoa o‘z uy uchrashuvlarini Arkadag‘ shahrida joylashgan «Arkadag‘» stadionida o‘tkazadi. Ushbu maydon o‘z bag‘riga 10 mingdan ziyod muxlisni sig‘dira oladi.

Klub 2 karra Turkmaniston chempioni, 2 karra Turkmaniston kubogi sohibi hisoblanadi.

Jamoa o‘tgan mavsum o‘z tarixida birinchi marotaba OFK tomonidan o‘tkaziladigan musobaqa - OFK Chaqiruv Ligasida ishtirok etdi va debyut mavsumining o‘zidayoq musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Jamoa finalda Kambodjaning "Preah Xan Reach Svay Riyeng" klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Jamoa Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda 8 ta o‘yin o‘tkazgan. 6 ta o‘yinda g‘alaba qozongan va 2 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan.

Jamoani ayni paytda 41 yoshli mahalliy mutaxassis Ahmet Allaberdiyev boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis klub boshqaruviga kelgunga qadar Turkmanistonning U17 terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.

«Arkadag‘» jamoasi futbolchilari Turkmaniston milliy terma jamoasining o‘zagini tashkil etadi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan CAFA Nations Cup musobaqasiga Turkmaniston terma jamoasi «Arkadag‘» klubidan 16 nafar futbolchi jalb etildi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionlar ligasi 2 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan «Arkadag‘» - «Andijon» o‘yini 17 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da start oladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:20, 16.09.2025.
O'qildi: 1829 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик